«suv tanqisligi» tegli maqolalar


Tuproqning xohishi. Pul va mehnat sarfini kamaytirib, tuproq unumdorligini qanday oshirish mumkin?
18 dekabr 2023, 19:50

Tuproqning xohishi. Pul va mehnat sarfini kamaytirib, tuproq unumdorligini qanday oshirish mumkin?

Insoniyat tuproqqa ming yillardan beri bir necha bosqichda ishlov beradi: yumshatadi, tekislaydi, kesaklarni maydalaydi, begona o‘tlarni chopadi. Bu ishlar qisqa istiqbolda hosildorlikka ijobiy ta’sir qiladi, biroq suvning isrof bo‘lishi va hatto chang bo‘ronlariga olib keladi. Xo‘sh, buni o‘zgartirish mumkinmi?

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi
23 oktabr 2023, 14:38

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib boraveradi — Shavkat Mirziyoyev
15 sentabr 2023, 16:19

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib boraveradi — Shavkat Mirziyoyev

Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekistonga Suv resurslari strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi
7 sentabr 2023, 16:43

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekistonga Suv resurslari strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Kuchkarov akademik Vladimir Kvint bilan Kuzbass strategiyasi misolida O‘zbekistonning 2030-yilgacha cuv resurslari bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi. “Vaziyat falokatli emas, hali ikki-uch yil bor, biroq juda kritik nuqtada”, — dedi Kvint.

“Bir kun suv berishadi, keyin bir necha oy suvsiz o‘tirasiz”. O‘zbekistonliklar — suv bilan bog‘liq vaziyat haqida
18 avgust 2023, 11:21

“Bir kun suv berishadi, keyin bir necha oy suvsiz o‘tirasiz”. O‘zbekistonliklar — suv bilan bog‘liq vaziyat haqida

O‘zbekistonda ichimlik suvi tariflari ko‘tarilishi, Qoraqalpog‘istonda sholi yetishtiriladigan maydonlarning qisqarishi, Qirg‘izistonning Qozog‘istonga sug‘orish uchun suv berishni to‘xtatgani mintaqada suv inqirozi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. “Gazeta.uz” hududlardagi suv bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi
26 iyun 2023, 18:10

O‘zbekiston suv vaziri Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston Amudaryodan qancha suv olishi mumkinligini ma’lum qildi

Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.

“Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz” — Tanzila Narbayeva
22 iyun 2023, 13:00

“Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz” — Tanzila Narbayeva

Senatda suv resurslaridan foydalanishda maqsadsiz va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi.

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi
7 iyun 2023, 17:30

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi

XVJ ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi suv taqchilligi bo‘yicha savolga javob berib, suv resurslarining to‘g‘ri narxlanganiga ishonch hosil qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Markaziy bank raisidan O‘zbekistonda suv bo‘yicha narx siyosati qanday ekanini so‘radi.

O‘zbekiston 2030-yilga borib suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi mumkin
15 may 2023, 14:22

O‘zbekiston 2030-yilga borib suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi mumkin

MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi
30 aprel 2023, 05:28

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.

«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo‘lidan voz kechishi kerak» — Yaponiyadagi o‘zbek olimi Aziz Omonov bilan suhbat
12 dekabr 2022, 09:00

«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo‘lidan voz kechishi kerak» — Yaponiyadagi o‘zbek olimi Aziz Omonov bilan suhbat

Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi
12 may 2022, 10:46

Kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Hukumat kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida O‘zbekistonda sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqladi. Mamlakat bo‘yicha limit 28,2 mlrd kub metr suvni tashkil etadi, bu o‘tgan yili olingan suvning taxminan 94,5 foiziga teng.

Suv tanqisligi tufayli GESlarda ishlab chiqarish hajmi qariyb 25 foizga kamaygan
10 noyabr 2021, 09:48

Suv tanqisligi tufayli GESlarda ishlab chiqarish hajmi qariyb 25 foizga kamaygan

O‘zbekistonda suv sathining pastligi tufayli gidroelektr stansiyalari unumdorligi 23 foizga kamaydi, bu esa mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlarga olib keldi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi
4 noyabr 2021, 10:54

Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi

Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting